
— Ko‘rdingmi buni ko‘ngli qanaqa! — deb xaxolab kulishdi qizlar.
Go‘zal qiz:
— Rost aytaman. Hammangiz guvohsiz, agar temirchi Vakula malikaning oyog‘idagi kavushini keltirsa, shu onda unga tegaman, — dedi.
Qizlar injiq go‘zalni birga olib ketdilar.
Temirchi ular ketidan chiqa turib:
— Masxara qilaver-chi, hozir o‘zimni-o‘zim masxara qilaman, o‘ylab o‘yimga yetolmay qoldim. Bilmadim aqlhushim qayoqqa ketdi. Meni sevmaydi, sevmasa sevmasin, dunyoda undan boshqa qiz yo‘qmi! Xudoga shukur, undan boshqa ham qiz bor qishlog‘imizda. Nimasi yaxshi Oksananing? Undan ro‘zg‘orni eplaydigan tuzuk xotin ham chiqmaydi, yasanishdan, o‘ziga zeb berishdan boshqani bilmaydi. Endi ahmoqlikni bas qilish kerak.
Biroq, temirchi uzil-kesil Oksanadan kechmoqchi bo‘lib turgan choqda, ko‘z oldida:
«Malikaning kavushini keltirib bersang, senga tegaman!» deb Kulib turg‘an sho‘xchan yuzi ko‘rindi. Butun vujudi iztirobga tushib, Oksanadan bo‘lak hech narsa xayoliga kirmadi.
Bara aytib yurgan qizlar bilan yigitlar bir gala bo‘lib ko‘chama-ko‘cha yugurishar edi. Ammo temirchining ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas, bir zamonlarda ko‘nglini quvontirgan bu o‘yin-kulgilarga aralashmasdan yolg‘iz borardi.
* * *Bu orada shayton juda iyib ketdi. Sud a’zosi pop qizini ko‘rganda qilgan qiliqlarni qilib, Soloxaninr qo‘llarini o‘par, oh-voh qilib, ko‘ksini ushlab, agar ko‘nglimni olmasang, o‘zimni har narsa qilaman, suvga tashlayman, jonimni to‘ppa-to‘g‘ri saqarga
Da’voshi tumog‘idan qorni silkitib bo‘lgach, Soloxaning qo‘lidan bir piyola araqni ichib oldi, so‘ngra bo‘ron turib, to‘polon bo‘lganidan munshinikiga bormaganini, Soloxaning uyida chiroq borligini ko‘rib, bu kecha u bilan suhbat qurmoq niyatida buyoqqa kelganini aytdi.
Da’voshi so‘zini tamom qilguncha ham yo‘q ediki, eshik taqillab, munshining ovozi eshitildi. Da’voshy shivirlab:
